Millatlar Ligasiga qur’a tashlandi. Italiya, Germaniya va Angliya bir guruhda, Portugaliya esa Ispaniyaga qarshi

  • 17 dekabr, 2021, 00:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Millatlar Ligasining 2022/23 yilgi mavsumiga qur’a tashlandi. Turnirda qit’aning 55 ta milliy terma jamoasi qatnashadi va ular 4 Ligada taqsimlanadi.

Tecno

Rossiya terma jamoasi V ligada o‘ynaydi. UEFA qoidalariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina terma jamoalari bir guruhdan joy olishi mumkin emas.

A Liga 

1-guruh: Frantsiya, Daniya, Xorvatiya, Avstriya.

2-guruh: Ispaniya, Portugaliya, Shveytsariya, Chexiya.

3-guruh: Italiya, Germaniya, Angliya, Vengriya.

4-guruh: Belgiya, Niderlandiya, Polsha, Uels.

B Liga 

1-guruh: Ukraina, Shotlandiya, Irlandiya, Armaniston.

2-guruh: Islandiya, Rossiya, Isroil, Albaniya.

3-guruh: Bosniya va Gertsegovina, Finlyandiya, Ruminiya, Chernogoriya.

4-guruh: Shvetsiya, Norvegiya, Serbiya, Sloveniya.

C Liga 

1-guruh: Turkiya, Lyuksemburg, Litva, Farer orollari.

2-guruh: Shimoliy Irlandiya, Gretsiya, Kosovo, Kipr / Estoniya.

3-guruh: Slovakiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston / Moldova.

4-guruh: Bolgariya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya, Gibraltar.

D Liga 

1-guruh: Lixtenshteyn, Andorra, Qozog‘iston / Moldova, Latviya.

2-guruh: San-Marino, Kipr / Estoniya, Malta.

S va D Ligasidagi jamoalar pley-off natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Guruh bosqich o‘yinlari 2022 yilning iyun va sentabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 2022 yilgi jahon chempionati qishda o‘tkazilishi munosabati bilan Millatlar ligasining oltita bosqichidan to‘rttasi iyun oyiga belgilangan.

A Ligasining to‘rtta guruhi g‘oliblari 2023 yilning iyuniga mo‘ljallangan Millatlar ligasining final bosqichiga yo‘l oladi. V, C va D Ligalaridagi guruh g‘oliblari ligada yuqoriga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!