
Millatlar ligasi. Qozog‘iston o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
Hozirgina UEFA Millatlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan Qozog‘iston va Belarus terma jamoalari bahsi yakunlandi.
Nur-Sultonda kechgan bellashuv 1:2 hisobida qo‘shnilarimiz mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Dastlab, 53-daqiqada mehmonlar a’zosi Borodachev hisobni ochgan bo‘lsa, keyinroq Aimbetov (62) vaziyatni tenglashtirdi. O‘yin yakunida esa, Lisakovich (86) g‘alaba to‘pini kiritdi. Bu hisob uchrashuv yakunigacha o‘zgarmay qoldi.
Fikrlar