
"Milan"ning 5 nafar a’zosida koronavirus aniqlandi. Ularning 2 tasi futbolchi
"Milan"ning ikki nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Darvozabon Janluiji Donnarumma va hujumchi Yens Petter Xeugening Covid-19 ga qarshi topshirgan test javoblari musbat natija bergan. Bundan tashqari jamoaning yana 3 nafar a’zosida ham koronavirus aniqlangan. Ular karantinga olingan.
Hozircha ularning barchasida kasallik alomatlarsiz kechmoqda.
Fikrlar