
"Milan" Tomori o‘rniga Ispaniyadan himoyachi olib keladi
"Milan" Fikayo Tomorining o‘rniga Kristian Moskerani jamoaga olib kelishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.
Avvalroq, 27 yoshli Tomorining jamoadan ketishi haqida xabar berilgan edi. Nashrning ma’lum qilishicha, futbolchiga nafaqat "Yuventus", balki, "Napoli", "Nyukasl" va "Vest Xem" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, u "Milan" klubidagi hozirgi o‘yin vaqtidan mamnun bo‘lmasligi mumkin. "Milan" Tomori uchun kamida 20-25 million evro olishni rejalashtirmoqda. Agar u ketsa, klub yangi futbolchini olib kelishga majbur bo‘ladi.
Asosiy nomzod "Valensiya" himoyachisi Kristian Mosker hisoblanadi. Ispaniya klubi futbolchini taxminan 25 million evroga sotib olmoqchi. "Valensiya"ning iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, Moskerani qishda sotish ehtimoli mavjud, garchi klub 20 yoshli futbolchidan ajralishni istamasa-da.
Ma’lumot uchun, himoyachi asosiy jamoada 2021/22 yilgi mavsumda debyut qilgan va o‘tgan yildan boshlab "Valensiya"ning asosiy tarkibida maydonga tushmoqda.
Fikrlar