
“Milan” “Real” futbolchisini ushlab qoldi
Yakunlangan mavsumni “Milan” tarkibida o‘tkazgan “eal”ning iste’dodli yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini A Seriyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, milanliklar bu futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolish bo‘yicha madridliklar bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Dias yana bir mavsum ijara asosida to‘p tepadi va kelasi yilning yozida “Milan” uni 25 million evroga transfer qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Agar “Real” Diasni ortga qaytarmoqchi bo‘lsa, “Milan”ga 30 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu shartlar shartnomada o‘z aksini topgan.
O‘tgan mavsumda Dias milanliklar safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi.
Fikrlar