"Milan" Braim Diazning o‘yinidan norozi

  • 6 mart, 2023, 15:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" Braim Dias uchun "Real"ga 22 million evro to‘lamoqchi emas.

Tecno

"Qaymoqranglilar" futbolchisi Braim Dias "Milan" tarkibida 22 million evro evaziga sotib olish sharti bilan joriy mavsum oxirigacha ijaraga olingan. "ABC" nashri xabariga ko‘ra, "rossonerlar" 23 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi o‘yin norozi va shuni hisobga olgan holda Diazni bu pulga arzimaydi deb hisoblaydi. Katta ehtimol bilan ispaniyalik yozda  "Real" Madridga qaytadi. Biroq, Italiya klubi hujumkor yarim himoyachini arzon narxda sotib olishga harakat qilishi mumkin.

Eslatib o‘iamiz, Braim joriy mavsumda 28 o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali uni 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!