Meyson Maunt: "Ular orasida bo‘lish — orzu"

  • 12 oktabr, 2021, 15:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya terma jamoasi va Londonning "Chelsi" klubi hujumkor yarim himoyachisi Meyson Maunt "Oltin to‘p" uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganidan xayratda ekanini bildirdi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

"Mazkur sovrinni qo‘lga kiritishimga ishonmayman. Lekin Messi va Ronaldu kabi afsonalar bilan bir ro‘yxatda bo‘lish — bu faqatgina orzu. Yillar davomida mehnat, tinimsiz mashg‘ulotlar, fidoyilik o‘z mevasini bermoqda. Ammo muvaffaqiyatlar to‘xtab qolishga sabab bo‘lmaydi. Bu hali boshlanishi", — dedi 22 yoshli Maunt.

Eslatib o‘tamiz, Meyson 2020/21-yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi hamda "Evro-2020" finalchisi hisoblanadi. Futbolchi o‘tkan mavsum "aristokratlar" libosi ostida 36 o‘yinda harakat qilib, 6 gol va 5 golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!