
"Metallurg" uchun "Qizilqum" noqulay raqibga aylangan...mi?
«Metallurg» va «Qizilqum» shu kungacha elitada 46 marta kuch sinashgan: uning 16 tasi «Metallurg», 18 tasida «Qizilqum» g‘alaba qozongan, 12 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 61:59, vohaliklar foydasiga. «Metallurg» bu raqibini ikki marta 4:1 hisobida dog‘da qoldirgan (2006, 2019). «Qizilqum» esa bitta uchrashuvda javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) kiritgan.
Ushbu jamoalarning Bekobodda bo‘lib o‘tgan 23 ta uchrashuvidan 11 tasida maydon egalari g‘alaba qozongan, 6 ta uchrashuvda durangga imzo chekilgan. 6 ta o‘yinda mehmonlar zafar quchgan. Bu uchrashuvlarda «Metallurg» raqiblari darvozasiga 40 ta gol kiritib, o‘z darvozasidan 26 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Bekobodda so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natija:
06.05.2022 Metallurg – Qizilqum – 1:1
01.08.2021 Metallurg – Qizilqum – 1:2
22.08.2020 Metallurg – Qizilqum – 1:2
12.04.2019 Metallurg – Qizilqum – 4:1
12.08.2018 Metallurg – Qizilqum – 2:1
“Metallurg” matbuot xizmati.
Fikrlar