
"Metallurg" klubi yangi mavsum uchun 35 futbolchini PFLda ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ular kimlar?
Bekobodning "Metallurg" futbol klubi bilan shartnoma tuzgan futbolchilar O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Klub 10 nafar yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Shulardan ikki nafari transfer qilingan. Ya’ni, "Metallurg" Shahzod Ubaydullaev uchun "Mash’al"ga va Ixtiyor Toshpo‘latov uchun "Dinamo"ga chiqim qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Quyidagi ro‘yxatda qaysi futbolchi bilan qancha muddatga shartnoma imzolangani va ayrim futbolchilarning sobiq klubi ko‘rsatib o‘tilgan.
Aleksandr Lobanov — 2020, dekabr
Stanislav Andreev — 2020, dekabr
Kamoliddin Tojiev — 2020, dekabr
Muzaffar Muzaffarov — 2020, dekabr
Akbar Ismatullaev — 2020, dekabr
Abbos Otaxonov — 2020, dekabr
Akmal Tursunboev — 2020, dekabr
Suhrob G‘aybullaev — 2020, dekabr
Jamshid Nurmatov — 2020, dekabr
Jasurbek Rustamov — 2020, dekabr
Azamat Abdusattorov — 2020, dekabr
Murod Mambetov — 2020, dekabr
Vladimir Vagin — 2020, dekabr
Muhriddin Botirov — 2020, dekabr
Asadbek Islomov — 2020, dekabr (Lokomotiv)
Akbar Qo‘chqorov — 2020, dekabr (Lokomotiv)
Salamat Qutibaev — 2020, dekabr (Buxoro)
Andrey Shipilov — 2021, dekabr
Abdulvohid G‘ulomov — 2021, dekabr
Muhammad Isaev — 2021, dekabr
Mahmudjon Qudratullaev — 2021, dekabr
Ibrohim Turg‘unboev — 2021, dekabr
Ulug‘bek Sharipov — 2021, dekabr
Doniyor Narzullaev — 2021, dekabr (Nasaf)
Ixtiyor Toshpo‘latov — 2021, dekabr (Dinamo)
Abdurahmon Abdulhakov — 2021, dekabr (Andijon)
Murod Bobojonov — 2021, dekabr (Buxoro)
Abdug‘ani Kamolov — 2021, dekabr (Bunyodkor-2)
Odil Abdumajidov — 2022, dekabr
Xudoyshukur Sattorov — 2022, dekabr
Shahzod G‘ofurbekov — 2022, dekabr
Abror Toshqo‘ziev — 2022, dekabr
Davron Anvarov — 2022, dekabr
To‘lqin Ergashev — 2022, dekabr (Paxtakor)
Shahzod Ubaydullaev — 2022, dekabr (Mash’al)
Klubni 2020 yilgi mavsumda ham Andrey Shipilov boshqarib boradi. Uning murabbiyligida "Metallurg" 2019 yilgi mavsumni 5-o‘rinda yakunlagandi. Agar jamoa mutaxassisni muddatidan avval iste’foga chiqarsa, buning uchun kompensatsiya to‘lab beradi.
O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazilgan futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarning birortasida ham ko‘tarma puli aks etmagan.
Fikrlar