
Messining qilig‘i o‘ziga qimmatga tushishi mumkin
Lionel Messi “Inter Mayami” tarkibida MLSdagi debyut uchrashuvida “Nyu-York Red Bullz” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Goal nashrining yozishicha, 36 yoshli futbolchi ligadagi muvaffaqiyatli debyutidan keyin jazoga tortilishi mumkin.
Bunga argentinalik yulduzning uchrashuvdan keyin jurnalistlar bilan muloqot qilmagani sabab bo‘ladi. Messi muloqotdan qochish orqali MLS qoidasini buzdi.
Bu masala bo‘yicha liga rahbariyati o‘z pozitsiyasini hali ma’lum qilgani yo‘q.
Lionel Messi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgandan beri turli musobaqalarda jami 9 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marta ishg‘ol qildi.
Fikrlar