
Messining qaerda to‘p tepishi oydinlashdi
“Barselona”ni tark etgan Lionel Messi bu mavsum AQShga yo‘l olmaydi va faoliyatini Evropada davom ettiradi.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 34 yoshli argentinalik yulduz PSJ bilan kelishuv arafasida turibdi. Ayni paytda klub mutasaddilari Messi bilan shartnoma shaklini muhokama qilmoqda. Parijliklar Messi bilan muzokara ijobiy yakunlanishiga ishonmoqda.
Hozircha, PSJ qimmatbaho yulduz uchun yagona da’vogar bo‘lib turibdi. “Manchester Siti” asosiy e’tiborini Harri Keynga qaratgan va Messi ortiq ularni qiziqtirmaydi.
Avvalroq, “Barselona” prezidenti Joan Laporta Lionel Messining klubda qolish imkoni yo‘qligini aytgandi.
Fikrlar
Ўйланиб қолади одам. Текинга кетган месси ўз устози пеп хам олмаса. Атишадики шунинг учун...
Аввалинг ҳор бўлса, бўлсин,
Охиринг ҳор бўлмасин.... деб.