Messining kelajagini hal qiluvchi sanalar

  • 10 sentabr, 2020, 13:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu mash-masha ancha davom etdi. Shundan ham ma’lum bo‘ladiki, Lionel Messi hamma qatori oddiy futbolchi emas. "Barselona"da yana bir yil qolishini aytgan bo‘lsa-da, Messi katta ehtimol bilan mavsum yakunida klubni tark etadi. Yangi mavsum uchun taqvim e’lon qilinganidan keyin Leo uchun eng muhim sanalarga to‘xtalishni lozim topdik.

7 sentyabr

Argetinalik futbolchi 7 sentabr kuni jamoa safiga qaytdi. Undan avvalroq koronavirus uchun test topshirdi va mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlarini boshladi. Xabarlarga ko‘ra, Messining testi manfiy chiqqan va Leoning mashg‘ulotga qaytishiga boshqa to‘siq qolmadi.

Tecno

62aa5512-ef9f-4815-a011-b23bf49a065f

27 sentyabr

Biz yana Messini "Barsa" libosida ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan ilk rasmiy o‘yin aynan shu kunda bo‘lib o‘tadi. "Ko‘k-anorranglilar" La Ligani 3-turdan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi bahs bilan boshlaydi. So‘nggi uchrashuv ham esingizda bo‘lsa kerak. Nahotki, Messi "Barselona" libosidagi oxirgi o‘yininda 8:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan?, degan savol yosh avlod muxlislarini ajablantirishi mumkin edi. Biroq ayni paytda voqealar rivoji buni ko‘rsatmayapti.

0e358de8311eabd0e90327a4afe94

25 oktyabr/11 aprel

Aynan shu sanada bu mavsum doirasida ilk "El klasiko" bo‘lib o‘tadi. Undagi natija superyulduz faoliyatidagi burilishni belgilashi mumkin. Ikkinchi o‘yin esa aprel o‘rtalariga belgilangan. Messining kayfiyati bu o‘yinga, bu o‘yin esa Leoning kelajagiga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Ortda qolgan mavsumdagi "El klasiko"larda kataloniyaliklarga omad etishmadi. Ikki o‘yinda birorta to‘p kirita olmagan "ko‘k-anorranglilar" bu yil ham shunday omadsizlikka yuz tutsa, Messining qarori yanada aniq bo‘lib qoladi. Boz ustiga, superyulduz "Real" darvozasini Ronaldu ketganidan beri ishg‘ol qila olmayapti. Ya’ni, so‘nggi bor 2018 yil 6 mayda Leo "qaymoqranglilar" postiga yo‘l topgan.

real

Yanvar oyi

Bu oyda "Barselona" prezidentligi uchun nomzodlar e’lon qilinadi. Albatta, Leo bilan til topisha oladigan insonning bu ro‘yxatda bo‘lishi Messi uchun muhim omil. Chunki argentinalik yulduz amaldagi prezident bilan ko‘p bora kelisha olmay qoldi. Uning ketishiga asosiy sabab ham aynan Bartomeu hisoblanadi.

99999
Aprel oyi

"Barselona" prezidentlik saylovlari aprel oyining boshida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Yangi rahbar Messini o‘z loyihasiga ishontira oladimi? Uni "Barsa"da o‘z faoliyatini yakunlashga ko‘ndira oladimi?

Bundan tashqari, Chempionlar Ligasida so‘nggi yillarda "Barselona" uchun aprel oyi omadsiz kelmoqda. E’tibor bersak, chorak va yarim final uchrashuvlari aynan aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi va o‘z navbatida, shu davr mobaynida "Barsa" muammolari yuzaga qalqib chiqadi. Bu mavsum qo‘lga kiritiladigan Chempionlar Ligasi sovrini Messi va "Barselona"ni yana avvalgidek mahkam bog‘lashi shubhasiz.
125308
30 iyun

Ammo barchasi hozirgidek davom etsa, iyul oyidan boshlab Messi ortiq "Barselona" futbolchisi hisoblanmaydi. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyunda o‘z yakuniga etadi. Futbol tarixidagi eng buyuk shaxslardan biri jonajon klubini tark etadimi yoki yo‘qmi buni yaqin vaqtlar ichida bilib olamiz. Yuqoridagi sanalar esa bunga katta ta’sir o‘tkazadi.

manchester-siti-vyjasnjaet-mozhno-li-kupit-messi-bez-narushenija-finansovogo-fejr-plej_15983514891817267281

Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!