
Messi PSJga zo‘r futbolchi topib berdi
PSJ hujumchisi Lionel Messi klub rahbariyatiga “Latsio”da o‘ynayotgan hamyurti Luka Romeroni olishni tavsiya qilmoqda.
Messi Argentina terma jamoasi mashg‘ulotlarida bu futbolchi bilan shug‘ullandi va 17 yoshli o‘yinchining harakatlaridan katta taassurot olganini aytdi.
Luka Romero aslida Meksikada tug‘ilgan, biroq Argentina yoshlar terma jamoasini tanlagan edi. Endi iste’dodli futbolchi milliy jamoaga ham jalb o‘tildi va o‘sha erda Lionel Messi bilan yaqindan tanishib oldi.
Romero 2021 yili “Latsio”ga o‘tgunga qadar besh yil davomida “Malorka” jamoasida tarbiyalangan. Uning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Fikrlar