Messi yana bir individual mukofotni qabul qilib oldi (FOTO)

  • 18 oktabr, 2024, 13:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi tarixdagi eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan futbolchi sifatida mukofotlandi.

Tecno

Kecha Ispaniyaning Marca nashri 37 yoshli argentinalik yulduzga futbolda erishgan yutuqlarini e’tirof etib, maxsus mukofotni topshirdi. Marosim "Inter Mayami"ning Fort-Loderdeyldagi uy stadionida bo‘lib o‘tdi. Messi mukofotni Marca direktori Xuan Ignasio Gallardo va Amerika klubi xo‘jayini Xorxe Mas qo‘lidan qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2023 yil yozgi transfer oynasida PSJdan “Inter Mayami”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum "Inter Mayami" safida 18 ta uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Messining AQSh klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning dekabrigacha imzolangan. Messi professional futbolchilik faoliyati davomida 46 ta jamoaviy, shuningdek, 56 ta shaxsiy mukofotni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!