Messi: "Yana bir bor harakat qilamiz"

  • 15 iyun, 2024, 19:46
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan Kopa Amerika haqida gapirdi

Tecno

Argentina terma jamoasi turnir oldi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Gvatemala terma jamoasi ustidan yirik 4:1 xisobidagi g‘alabaga erishdi. Messi ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘yindan so‘ng Lionel muxlislarga murojaat qildi:
"G‘alaba qozonish tobora qiyinlashib bormoqda. Biz qo‘limizdan kelganicha xarakat qilishda davom etamiz. Bor kuchimizni beramiz va maqsadlarimizga erishish uchun o‘ynaymiz."

"Yana ushbu turnirda g‘alaba qozonish ajoyib bo‘lardi. Bu qiyin bo‘lishi aniq, lekin urinib ko‘ramiz", - deya qo‘shimcha qildi jamoa sardori.

Ma’lumot o‘rnida, turnirning amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi bu gal guruh bosqichida Kanada, Chili va Peru terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!