
Messi to‘purarlar ro‘yxatida 9-o‘ringa ko‘tarildi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bugun Amerika kubogi guruh bosqichining 5-turida Boliviyaga (4:1) qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi.
Shu tariqa “Barselona” hujumchisining terma jamoa safida kiritgan gollari saoni 75 taga etdi. 34 yoshli futbolchi terma jamoalar safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida Bashar Abdull (Quvayt), Kunisige Kamamoto (Yaponiya) va Shandor Kochish (Vengriya) bilan tenglashib oldi.
Messi umumiy ro‘yxatda 9-o‘rinni egallab turibdi. Bu borada peshqadam Leoning ashaddiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. U Portugaliya terma jamoasida 109 ta gol urgan.
Hozirda Messidan yuqorida quyidagi futbolchilar bormoqda:
1-2. Krishtianu Ronaldu, Portugaliya – 109 ta gol;
1-2. Ali Daei, Eron – 109;
3. Muxtar Daxari, Malayziya – 89;
4. Ferents Pushkash, Vengriya – 84;
5. Godfri Chitalu, Zambiya – 79;
6. Xusayn Said, Iroq – 78;
7. Pele, Braziliya – 77;
8. Ali Mabxut, BAA – 76.
Fikrlar