Messi tez orada yangi rekord o‘rnatadi. Unga faqat bir to‘purar bas kelishi mumkin

  • 5 may, 2024, 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili yozda AQShga ko‘chib o‘tib, “Inter Mayami” tarkibiga qo‘shilgan Lionel Messi Amerika qit’asida ham futbol tarixiga o‘z nomini muhrlashga kirishib ketdi.

Tecno

Ayniqsa, “Inter Mayami”ga Messidan keyin uning “Barselona”dagi sherigi Luis Suaresning kelgani bu jamoaning hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirib yubordi.

Tez orada Lionel Messi “Inter Mayami” tarixidagi eng zo‘r to‘purariga aylanishi kutilmoqda. Qizig‘i, u bilan asosan Luis Suares raqobat qila oladigan bo‘lib turibdi.

Hozircha, klub tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi boshqa argentinalik – Gonsalo Iguain hisoblanadi. U klub uchun 70 o‘yinda 29 ta gol urgan.

Ikkinchi o‘rinda borayotgan Leonardo Kampana 75 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 25 ta to‘p yozdirib qo‘ydi.

Lionel Messi ayni paytda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi AQShga kelganidan beri chempionat doirasida 25 ta bahsda qatnashib, gollari sonini 23 taga etkazdi.

Klub to‘purarlari reytingida to‘rtinchi pog‘onada qayd etilgan Robert Teylor hisobida 88 ta o‘yinda urilgan 14 ta gol bor.

Undan keyingi pog‘onada joylashgan Luis Suares tez orada yuqori ko‘tariladi. Yaqinda jamoaga qo‘shilgan urugvaylik forvard 15 ta bahsda 12 ta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!