
Messi qachongacha o‘ynashini aytdi
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon futbolida deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lganiga qaramay, futbol va yutuqlardan to‘ymaganini ta’kidladi.
- “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tganim, ko‘pchilik o‘ylayotgandek tez orada nafaqaga chiqishimni anglatmaydi. Men yana ko‘p yillar davomida yuqori darajada futbol o‘ynay olaman.
Men yoshim o‘tib borayotgan bo‘lsa-da, avvalgidek sovrinlarga chanqoqman. Oilam kengayib boryapti va ularning qo‘llab-quvvatlashini yanada ko‘proq his qilyapman. Shu bois, hali to‘xtamayman, - dedi Lionel Messi.
Faoliyati davomida sakkiz marotaba “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan 37 yoshli futbolchining “Inter Mayami” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi.
Fikrlar