
Messi PSJdan ketmoqchi!
PSJ yulduzi Lionel Messi faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
"El Chiringuito" telekanali bergan xabarga ko‘ra, Messi bu haqda ancha jiddiy bosh qotirmoqda. Uning maqsadi MLS klublaridan biriga ko‘chib o‘tish. Leoga "Inter Mayami"dan taklif bor.
34 yoshli hujumchining qaroriga yaqin do‘sti Luis Suares ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Boisi, urugvaylik futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi yakuniga etmoqda.
Ma’lumot uchun, Messi mavsum boshida "Barselona"dan PSJ tarkibiga kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar