
Messi PSJda qachon debyut qiladi?
Argentinalik hujumchisi Lionel Messi bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani vaqtida qachon PSJda debyut qilishi haqidagi savolga javob berdi.
"Rostini aytsam, buni hatto bilmayman ham. Men hozirgina ta’tildan qaytdim. Klub vakillari bilan gaplashishdan bir kun oldin biz mashg‘ulotlar jarayonining tafsilotlarini muhokama qildik. Men imkon qadar tezroq debyut qilishga harakat qilaman. Qachonki klub meni to‘liq tayyor deb hisoblasa, men o‘shanda maydonga tushaman”, - dedi 34 yoshli futbolchi.
Avvalroq, Lionel PSJ bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish niyati borligini ma’lum qilgandi.
Argentinalik futbolchining shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi. Shartnomada hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish mumkinligi haqida band bor.
Fikrlar