Messi: Men bu jamoaga o‘tishni xohlamaganman!

  • 19 avgust, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishga qaror qilganidan keyin Evropada boshidan o‘tkazgan voqealarni aytib bermoqda.

Tecno

Bu gal argentinalik yulduz o‘zini tarbiyalagan va faoliyatining katta qismini o‘tkao‘gan “Barselona”dan Parij superklubiga o‘tishga to‘g‘ri kelgan vaziyatni esga oldi.

- Mening PSJga o‘tishim o‘zim istagan ish emasdi. Men Barselonadan ketishni xohlamasdim. Hammasi kechasi ro‘y berdi. “Barselona”da uzoq vaqt o‘ynaganimdan keyin boshqa jamoga ko‘nikishimga to‘g‘ri keldi, - dedi Lionel Messi.

Argentinalik yulduz PSJda etarlicha muammolarga duch keldi. Parijlik muxlislar butun dunyo futbol ishqibozlari mehrini qozongan Messini qabul qilgani yo‘q.

Messi PSJda jami 75 ta uchrashuvdan maydonga tushib, o‘z hisobiga 32 ta gol va 35 ta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!