
Messi "Inter Mayami"ning navbatdagi o‘yinida ham qatnashmaydi
Lionel Messi "Inter Mayami"ning navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
ESPN nashrining xabariga ko‘ra, hujumchi "Inter Mayami" bilan birga chempionat doirasidagi "Atlanta Yunayted" jamoasiga qarshi o‘yin uchun Atlantaga uchmadi. U umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashganiga qaramay, bu bahsda klubiga yordam bera olmaydi.
Avvalroq, Messi Argentinaning Boliviya ustidan g‘alaba qozonilgan bellashuvida ham o‘ynamagandi. "Atlanta Yunayted" va "Inter Mayami" to‘qnashuvi 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar