
Messi ham, Ronaldu ham o‘rnak bo‘la olmaydi!
“Barselona” tarbiyalanuvchisi va kataloniyalik safida erta porlagan Boyan Krkich faoliyatini tahlil qilib, ayrim xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.
Bu yil faoliyatini yakunlagan ispaniyalik futbolchi yoshlarni Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning natijalarini quvmasdan, eng avvalo o‘ziga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.
- Messi, Ronaldu yoki tennischi Rafael Nadal oddiy sportchilar emas. Yoshlar ulardan o‘rnak olmasin. Ularning har biri o‘zgacha tarixga ega.
Ularning yo‘lini takrorlashga urinish muvaffaqiyat keltirmaydi. Chunki buning imkoni yo‘q.
Shaxsan men uchun haqiqiy o‘rnak Serxio Kanales. U tizzasidan ikki marta og‘ir jarohat olganiga qaramay, terma jamoa darajasigacha ko‘tarildi. Yoki Xoseluni aytish mumkin. U 33 yoshida “Real”ga o‘tdi. Mana shu futbolchilarni omadli insonlar deyish mumkin, - dedi Boyan Krkich.
Boyan faoliyati davomida Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Angliya, Germaniya, AQSh va Yaponiya chempionatlarida o‘ynagan. Klublar miqyosida jami 449 ta uchrashuvda maydonga tushib, 93 ta golsh va 40 ta assist qayd etgan.
Fikrlar