
"Messi barcha jabhada eng zo‘ri"
"Barselona" futbolchisi Frenki De Yong Lionel Messini dunyoning eng yaxshi futbolchi, deb aytdi.
"Men Leoni futbolda deyarli har taraflama eng yaxshisi deb bilaman. Hujumni yakunlash, pozitsion o‘yin va yana ko‘plab jabhalarda u doim eng zo‘r.
Unga nisbatan aytilgan maqtovlarning hech biri bo‘rttirilgan emas. Men uchun Leo har doim eng zo‘ri", - dedi "Barsa" yarim himoyachisi PSJ forvardi haqida.
Ma’lumot o‘rnida, Frenki joriy mavsum jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar