Messi, bu masalada Ronaldudan dars ol!

  • 26 avgust, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Statistika mutaxassislar hali hamon Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining futboldagi mahorati va natijalarini o‘zaro solishtirishni kanda qilayotgani yo‘q.

Tecno

Qizig‘i shundaki, har ikki futbolchi Evropani tark etgan bo‘lsa-da, jahon bo‘ylab muxlisu mutaxassislar e’tibori ularda turibdi.

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining uchinchi turida “Al-Fotih” jamoasi darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, “An-Nasr”ning 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Yana ikki to‘pni Sadio Mane kiritdi.

Bu uchta gol portugaliyalik yulduz uchun professional faoliyatidagi 63-xet-trik bo‘ldi.

Statistika mutaxassislar xet-triklar bo‘yicha Lionel  Messining natijalariga e’tibor qaratdi. Bu borada “Inter Mayami” futbolchisiga aylangan argentinalik to‘purar 57 ta xet-trik bilan ikkinchi pog‘onada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kesh
26/08/2023 19:56
Роналду Буюк футболчи барибир .