
“Mersedes” poygachisi 1,5 kilogrammni deb g‘alabadan quriq oldi
HKecha Belgiyada “Formula-1”ning navbatdagi Grand-Prisi o‘z nihoyasiga etdi. Unda Jorj Rassell marraga birinchi bo‘lib etib keldi. Biroq poygadan so‘ng hakamlar britaniyalik poygachining bolidi belgilangan minimal o‘g‘irlikdan (798.0 kg) 1,5 kilogramm engilroq ekanini aniqlashdi. Shu sababli “Mersedes” haydovchisi poygadan chetlashtirildi va uning g‘alabasi finish chizig‘iga ikkinchi bo‘lib kelgan Lyuis Hemiltonga yozildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Oskar Piastri (“Maklaren”) va Sharl Lekler (“Ferrari”) egallashdi.
Chempionlik uchun kurashayotgan ikki davogar Maks Verstappen va Lando Norris to‘rtinchi va beshinchi bo‘lishdi.
Shunday qilib, Rassellning diskvalifikatsiya tufayli Hemilton faoliyatidagi 105-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar