Meni Mourino kutyapti, inglizlar bezovta qilmasin!

  • 19 avgust, 2022, 22:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Torino”ni tark etganidan keyin erkin agent maqomida yurgan Andrea Belotti faoliyatini “Roma”da davom ettirishga qaror qilib bo‘lgan.

Tecno

Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, italiyalik hujumchiga Angliya premer-ligasidan “Vulverxempton” og‘iz solmoqda. Shunga qaramay, Belotti angliyaliklardan uni bezovta qilmaslikni so‘ramoqda.

Belotti “Roma” bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ayni paytda italiyalik hujumchi rimliklar tarkibdagi forvardlar – Eldor Shomurodov, Feliks Afena-Gyan va Jastin Klyuyvertdan birini sotib yuborishi kutyapti.

28 yoshli Andrea faoliyati davomida klublar miqyosida 390 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 158 marotaba ishg‘ol qilgan hamda jamoadoshlariga 35 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!