
Meni “Barsa”ning ikki o‘yinchisi hayratga soldi
Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich birinchi turida Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” Angliyada “Nyukasl”ni 2:1 hisobida engib, uyiga uch ochko bilan qaytdi.
“Manchester Siti”dan ijara asosida “Everton”ga ko‘chib o‘tgan mashhur futbolchi Jek Grilish bu uchrashuv haqida fikr bildirib, o‘zini hayratga solgan o‘yinchilar nomini aytdi. Angliyalik futbolchi o‘yinda ikkita gol urib, kataloniyaliklar g‘alabasini ta’minlagan hamyurti Markus Reshfordni emas, boshqa o‘yinchilarni e’tirof etdi.
- Pedri va Frenki de Yongning o‘yinini kuzatish, juda katta maroq berdi, - deb yozdi 30 yoshli futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Jek Grilishning o‘zi 2023 yili “Manchester Siti” tarkibida Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan edi.
Fikrlar