Meni “Barsa”ga qaytaringlar!

  • 25 iyun, 2021, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yarim himoyachi Paulino bir necha yil oldin o‘ynagan “Barselona”ga qaytishni istamoqda.

Tecno

Bu futbolchi 2014 yili “Tottenxem”dan Xitoy chempionati vakili “Guanchjou”ga o‘tib ketgan edi. 2017 yilda esa uni “Barselona” 40 million evroga transfer qildi. Paulino qisqa muddatda kataloniyaliklar bilan Ispaniya chempionati va mamlakat kubogi g‘olibi bo‘ldi va yana Xitoyga qaytib ketdi.

Joriy yilning 1 iyul kuni 32 yoshli futbolchining “Guanchjou” bilan shartnomasi yakunlanadi. Paulino “Barselona”ga qaytishga tayyorligini bildirmoqda. Ayniqsa, “Barsa” rahbariyati keyingi paytda erkin agentga aylangan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olayotgan Paulinoga umid beryapti.

Avvalroq, “Barsa” Serxio Aguero, Erik Garsiya va Memfis Depayni bepul qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!