Men Peresni ham, Mbappeni ham bilaman. “Real” transferi amalga oshmaydi!

  • 9 mart, 2023, 13:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar vaqtida Italiya chempionati ishtirokchisi “Sampdoriya” safiga qo‘shilgan  ispaniyalik yarim himoyachi Xese Rodriges PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

Xese Rodriges “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumkor futbolchi bir necha mavsumni Madrid klubida o‘tkazganidan keyin PSJda ham to‘p tepgan.

- Mbappening Madridga kelishi amalga oshadimi? Bunga aniq javob berish qiyin. Men “Real” prezidenti Florentino Peresni yaxshi bilaman. O‘tgan galgi voqeadan keyin bu transfer amalga oshmasa kerak. Chunki Mbappening qilig‘i unga yoqmagan.

Agar men klub prezidenti yoki xo‘jayini bo‘lsam, Mbappe masalasini hal qilish uchun qo‘l ostimdagi futbolchilar va transfer bozoridagi vaziyatni inobatga olardim. Agar iqtidor nuqtai nazaridan o‘yinchi tanlash kerak bo‘lsa, ko‘zimni yumgan holda Kilianni olardim, - dedi Xese Rodriges.

Kilian Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq, yangi shartnoma imzolanganidan beri 24 yoshli hujumchining PSJdan ketishi muhokama qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!