
Baribir Messidan zo‘ri yo‘q
“Barselona” va “Real”da o‘ynagan Robert Prosinechki eng yaxshi futbolchilar haqida fikr bildirdi.
- Men uchun Messi zo‘r. U ancha yildan buyon “Barselona”da o‘zini ko‘rsatmoqda. Bu jamoada nimani yutish mumkin bo‘lsa, hammasini qo‘lga kiritib bo‘ldi. Gollari va assistlari son-sanoqsiz. Kimdir Maradona yoki Ronaldoni tanlaydi. Ular ham zo‘r o‘yinchilar. Krishtianu Ronaldu muxlislari ham ko‘p. Lekin aniq bir futbolchini tanlash kerak bo‘lsa, albatta eng zo‘r bu Messi, - dedi Prosinechki.
Ayrim futbolchilar esa yaqin kelajakda Messi va Ronaldu o‘rnini kimlar egallashi haqida ham fikr yurita boshlashdi.
Fikrlar