Men jamoaga keladigan har qanday o‘yinchini qo‘llab-quvvatlayman!

  • 2 iyun, 2021, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” yozgi transferlar vaqtida yangi hujumchi olishni rejalashtirmoqda. Nomzod orasida PSJ vakili Mauro Ikardi ham bor. Milanliklar yulduzi Zlatan Ibrohimovich argentinalik hujumchi transferiga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Ikardi keladimi? Buni klub hal qiladi. Men jamoaga yangi keladigan har qanday o‘yinchini qo‘llab-quvvatlashga tayyorman, - dedi shvetsiyalik hujumchi.

Ikardining “Milan”ga transferi haqidagi xabarlar ancha oldin omma e’tiboriga havola qilingan edi. Biroq, klublar bu borada muzokarani boshlaganicha yo‘q.

Ikardi A Seriyada katta tajriba to‘plaganini aytish joiz. U PSJga o‘tgunga qadar Italiyaning “Sampdoriya” va “Inter” kabi jamoalarida uzoq muddat to‘p tepgan.

28 yoshlihujumchi 2019 yili “Pari Sen-Jermen”ga 80 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga berildi. Yakunlangan mavsumda Ikardi barcha turnirlarda 28 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 13 marta nishonga oldi va oltita golli pas uzatdi.

“Milan”ga Shomurodov kerak!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!