
Men Chempionlar ligasida o‘ynashim kerak
“Lester” etakchisi Yuri Tilemans hozirgi klubini tark etishga tayyorligini bildirdi. Bu yarim himoyachiga anchadan beri “Arsenal” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirib kelmoqda.
“Tulkilar” rahbariyati tajribali futbolchini yangi bitimga ko‘ndirish uchun bir necha oy davomida muzokara olib bordi. Biroq, belgiyalik futbolchi hamkorlikni uzaytirishdan bosh tortdi.
“Lester” uning shartnomasi bir yildan keyin tugashini inobatga olib, yozda boshqa klub taklifini qabul qilishga majbur bo‘ladi.
Men har qanday futbolchi kabi Chempionlar ligasida to‘p tepishni istayman. Men o‘z faoliyatimdan maksimum natija chiqarishim kerak. Yakuniy qarorni mavsum oxirida vaziyatga qarab chiqaramiz, - dedi 24 yoshli futbolchi.
Fikrlar