Meksikalik muxlis terma jamoasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, televizorni "pichoqladi" (video)

  • 2 dekabr, 2022, 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati - bu eng kuchli, nazoratsiz tuyg‘ular. Buni internetda paydo bo‘lgan turli videolar ham tasdiqlaydi.

Tecno

Ana shunday lavhalardan biri Meksika jahon chempionatini tark etgach paydo bo‘ldi. Unda meksikalik muxlisning o‘z milliy jamoasi muvaffaqiyatsizligiga nisbatan g‘azablangan munosabati aks etgan. Avvaliga yig‘lab yuborgan odam televizorni mushtlari bilan ura boshladi, lekin keyin bunga ham qanoatlanmay, pichoqni olib, televizor ekraniga bir necha marta zarba berdi.

Eslatib o‘tamiz, Meksika terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistoniga qarshi (2:1) bahs olib bordi va qo‘shimcha daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mundial bilan xayrlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!