
Meksika Frantsiyani ayab o‘tirmadi
Yaponiya poytaxti mezbonlik qilayotgan yozgi olimpiya o‘yinlariga kiritilgan futbol bahslari e’tibor markazimizda turibdi. Hozirgina, g‘oliblik uchun asosiy da’vogar - Ispaniya Misr bilan durang qayd etgan bo‘lsa, Frantsiya kutilmaganda Meksikaga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Gollar 1:0 – 47 Vega, 2:0 – 54 Kordova, 2:1 – 69, penalti Jinyak, 3:1 – 80 Antuna, 4:1 – 90 Agirre.
Meksika (U 23) – Ochoa, Agirre, Vaskes, Montes, Romo, Laynes (Antuna, 72), Kordova (Eskivel, 72), Sanches, Martin (Agirre, 88), Vega (Alvarado, 84), Rodriges.
Frantsiya (U 23) – Bernardoni, Kalulu, Kasi (Bar, 90), Sanyan, Mishlen, Toven (Mbuku, 79), Le Fe, Tuzar (Beka-Beka, 60), Savane, Norden (Kolo-Muani, 60), Jinyak.
Ogohlantirishlar: Mishlen (16), Vega (20), Kasi (75).
Fikrlar