Mbappe yotgan raqibni tepdi

  • 12 mart, 2023, 21:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening qilmishi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Frantsiya chempionatining 27-turida PSJ safar uchrashuvida “Brest” ustidan 2:1 hisobida qiyin g‘alabaga erishdi.

Tecno

Parijliklarga g‘alaba keltirgan golni so‘nggi daqiqada Kilian Mbappe kiritdi. Uchrashuvdan keyin 24 yoshli yulduz antiqahramonga aylanib qoldi.

Bellashuvning 86-daqiqasida mezbon himoyachisi Xaris Belkebla to‘p uchun kurashda yiqildi va Mbappening oyog‘ini ushlab oldi. PSJ hujumchisi bunga javoban uni tepdi. Hakam har ikki o‘yinchiga sariq kartochka ko‘rsatdi.

“Brest” futbolchilaridan Per Lis-Melu bu qarordan norozi va Mbappega qattiq chora ko‘rish kerak edi, degan fikrni ilgari surmoqda.

- Mag‘lubiyatga bu vaziyatni sabab qilmoqchi emasman, lekin o‘sha vaziyatda Mbappe o‘rnida boshqa futbolchi bo‘lganida jazo shunaqa bo‘larmidi? Hakam menga Kilianning tepkisi kuchsiz bo‘lganini aytdi, - dedi Per Lis-Melu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!