Mbappe PSJga 300 ta gol tashkil qilib berdi

  • 29 avgust, 2023, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati nega Kilian Mbappeni hech qaysi jamoaga qo‘yib yuborishni istamayotganining o‘ziga xos sabablari bor.

Tecno

Frantsiya chempionatining uchinchi turida Kilian Mbappe “Lans” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

24 yoshli hujumchi Parij klubidagi faoliyati boshlangan davr – 2017 yildan beri jamoasiga 300 ta gol uyushtirib berdi.

Shu paytgacha Mbappening o‘zi 214 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga 86 ta golli pas uzatdi.

Shuning uchun ham poytaxt klubi xo‘jayinlari sermahsul futbolchi faqat  PSJda o‘ynashini istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!