
Mbappe PSJdan ketyapti?! (FOTO)
PSJning rasmiy saytidan Kilian Mbappening surati olib tashlandi. Ta’kidlash kerakki, frantsiyalik hujumchi 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani uzaytirish variantini faollashtirishdan bosh tortmoqda.
Shu bois Parij grandi Kilianni Yaponiya turnesi ro‘yxatidan chiqarib tashladi va transferga qo‘ydi. Frantsiyalik hujumchiga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda.
PSJ rasmiy saytining asosiy sahifasida ochilganda foydalanuvchilar jamoa futbolchilari suratlari tushirilgan plakatni ko‘rishadi. Ushbu plakatda esa hozirda Neymar, Marko Verratti, Markinos, Luka Ernandes va Li Kang Ying bor, lekin Kilian Mbappe yo‘q.
Fikrlar