Mbappe osiyolik futbolchiga maxsus sovg‘a berdi (foto)

  • 21 iyul, 2022, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe Yaponiya terma jamoasi sobiq yulduzi Xidetoshi Nakata bilan uchrashdi.

Tecno

Mashhur futbolchi yaponiyalik hamkasbiga o‘zining 7-raqam tushirilgan futbolkasini sovg‘a qildi.

16583644041252865766

Ayni paytda parijliklar Yaponiya bo‘ylab turne o‘tkazmoqda. PSJ kunchiqar yurt jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushmoqda. Xususan, “Kavasaki Frontale” bilan bo‘lgan bahsda Kristof Galte shogirdlari Lionel Messi va Arno Kalimuendo gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi.

45 yoshli Xidetoshi Nakata Evropada muvaffaqiyatli to‘p tepgan osiyolik futbolchilardan hisoblanadi. U faoliyati davomida A Seriyaning “Perudja”, “Roma”, “Parma”, “Bolonya” va “Fiorentina” va Angliya premer-ligasida “Bolton” klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!