
Mbappe nega “Real”ga telefon qilgandi?
Kilian Mbappening PSJdan ketib, “Real”ga o‘tishi eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzu hisoblanadi.
Ayniqsa, parijliklar Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin o‘z fikrlarini bayon qilgan Kilian Mbappe kelajagi qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatishini aytganidan keyin bu mavzuga qiziqish yanada kuchaydi.
Aslida hamma Mbappe o‘tgan yili yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishini kutgan edi. Lekin frantsiyalik hujumchi o‘z shahrida qolishga qaror qildi.
Marca nashrining yozishicha, PSJ bilan yangi bitim imzolaganidan ko‘p o‘tmay, “Real”ga qo‘ng‘iroq qilgan. U madridliklarga nega bunday yo‘l tutganini tushuntirgan va shartnoma uzaytirishdan pushaymon ekanini ochiq aytgan.
O‘shanda Mbappe “Qirollik klubi” vakillaridan kelajakda ularning hamkorlik rejasi bor yoki yo‘qligini ham so‘rab olgani aytilmoqda.
Fikrlar