
Mbappe mundialdan oldin Argentina haqida nimalar degandi?
Jahon chempionati finalida Frantsiya Argentinaga mag‘lub bo‘ldi. O‘yinda Kilian Mbappe xet-trik qayd etib, jamoasini penaltilar seriyasigacha etib kelishida o‘zining katta hissasini qo‘shdi.
Ammo yakunda Skaloni shogirdlari g‘alaba qozondi. PSJ hujumchisi mundial oldidan Argentina haqida quyidagicha gapirgandi:
“Argentina Jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun yuqori saviyada o‘ynamaydi. Ularda futbol Evropadagi kabi rivojlanmagan. Buni so‘ngi mundiallarda ham ko‘rishimiz mumkin”, - degan edi Mbappe.
Shu tariqa, Argentina Qatardagi turnirda zafar quchib, o‘z tarixida 3-bor Jahon chempioniga aylandi.
Fikrlar