
Mbappe Frantsiya tarixiga kirish uchun yaqinlashdi
Kilian Mbappe eng ko‘p mukofot qo‘lga kiritgan frantsuz futbolchilar ro‘yxatida 9-o‘rinni egalladi.
Qit’alararo kubok finalidan so‘ng "Real Madrid" hujumchisi faoliyatidagi 20-sovrinini qo‘lga kiritdi.
Patris Evra va Blez Matyuidi 21 tadan unvon bilan undan oldingi pog‘onadan joy olgan. Frantsuzlar orasida eng ko‘p unvon sohibi - 33 ta kubok bilan Karim Benzema hisoblanadi.
Eng kuchli oltilikning tarkibiga Kingsli Koman (27 ta), Frank Riberi va Adrien Rabio (23 tadan), Biksant Lizarazyu va Rafael Varan (22 tadan) ham kiradi.
Fikrlar