Mbappe bo‘lmasa boshqasi: “Real” uchun ideal hujumchi topildi

  • 3 iyun, 2022, 15:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Senegllik hujumchi Sadio Mane yozgi transfer oynasida “Liverpul”ni tark etishi mumkin. Avvalroq, PSJ va "Bavariya" futbolchining agenti bilan muzokara olib borgani xabar qilingandi. Endi esa forvard uchun kurashga “Real” ham qo‘shildi.

Tecno

"Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" ham senegallikning vakillariga aloqaga chiqqan. Kilian Mbappe bilan muzokaralar omadsiz yakunlangach, Mane Madrid grandining asosiy nishoniga aylandi.

Manbaning qayd etishicha, Mane uchun ushbu jamoalar orasida "Real" favorit hisoblanadi. Agar “qaymoqranglilar” "Liverpul" bilan kelisha olsa, yaqin kunlarda transfer amalga oshishi mumkin.

Sadioning "qizillar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning narxi 80 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!