
Mazmunli o‘ynagan "Yuventus" yirik hisobda zafar quchdi
Italiya Kubogining 1/8 final bosqichida Turinning "Yuventus" jamoasi o‘z maydonida "Udineze" klubini qabul qildi.
Chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish etib bergan "Yuve" 4:0 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.
Uchrashuvda Dibala ikkita gol urgan bo‘lsa, Iguain va Duglas Kosta o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi.
Fikrlar