Matyuidi "Milan"ga qarshi o‘yinda qovurg‘asiini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi

  • 12 noyabr, 2019, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi forvardi Blez Matyuidi jarohati sabab safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik futbolchi A Seriyaning o‘tgan turida "Milan"ga (1:0) qarshi bahsda qovurg‘asini sindirib olgan.

Endi Matyuidi yaqinlashib kelayotgan Evro-2020 saralashi doirasidan o‘rin olgan Moldoviya hamda Albaniya terma jamoalari ga qarshi o‘yinlarda Frantsiyaga yordam bera olmaydi. U shuningdek A Seriyaning 13-turidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi muhim bellashuvni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Matyuidi joriy mavsum “Yuve” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!