"Mash’al" va "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda muborakliklar ustunlikka ega

  • 9 sentabr, 2020, 14:59
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Soca Cola Superligasining 14-turida “Mash’al” Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qarshi maydonga tushadi. Muborakliklar matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Birinchi davra

29 fevral kuni birinchi davraning 1-turida Muborakdagi uchrashuvuda “gazchilar” yirik 3:0 xisobida g‘alaba qozongan. Gollarni Mo‘min Meliev, Nikita Pavlenko, Najmiddin Normurodov kiritgan.

O‘zaro o‘yinlar

“So‘g‘diyona” va “Mash’al” shu kungacha chempionat bahslarida 27 marta to‘qnash kelgan. Ularning 12tasida "Mash’al", 7 tasida "So‘g‘diyona" yutuqqa erishgan. 8 o‘yin durang bilan yakunlangan. "Gazchilar" raqib darvozasini 37 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsa, jizzaxliklar esa 26 gol urgan. O‘zaro o‘yinlarda “Mash’al” 44, “So‘g‘diyona” 29 ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘ygan.

“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:1ga teng. “So‘g‘diyona”da ham bu ko‘rsatkich 3:0 bo‘lib turibdi.

Uchrashuv rasmiylari

Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan “So‘g‘diyona” – “Mash’al” uchrashuvini Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Unga qanotlarda, Rishat Nugmanov va Doniyor Saylavov yordam beradi. Zaxira hakami Alisher To‘xtasinov. Hakamlar ishini Noil Lutfullin nazorat qiladi. Uchrashuv komissari Bekzod Aripov.

Boshlanish vaqti

“So‘g‘diyona” – “Mash’al” uchrashuvi Zomin shahrida “Zomin” stadionida 11 sentyabr juma kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. O‘yin "Sport" telekanali olqali jonli efirda uzatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!