Mashhur klub Shomurodovni olishga tayyor, faqat bir sharti bor!

  • 27 dekabr, 2022, 22:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” qishki transferlar vaqtida bir necha futbolchilarini sotib yuborishga qaror qilgani haqida ko‘p ma’lumot tarqatilmoqda.

Tecno

Rimdan ketadiganlar ro‘yxatining birinchi qatorida Eldor Shomurodov turibdi. Chunki o‘zbek hujumchisini so‘rab, poytaxt klubi eshigini qoqayotgan jamoalar safi kengayib bormoqda. Eldorda tanlash imkoniyati bor.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Fiorentina”, “Torino” va “Sampdoriya” legionerimiz uchun kurashni oxirigacha davom ettirishni maqsad qilgan.

Shomurodovning o‘zi Italiya tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mashhur klublardan biri –  “Torino”ga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan. Turinliklar ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘purari jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytira olishiga umid qilmoqda.

gettyimages-1449670188-612x612

“Torino” klubi sport direktori Davide Vanyatti jurnalistlar savoliga javob berar ekan, Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha klub pozitsiyasi haqida ma’lumot berdi. E’tiborli jihati shundaki, bu mutaxassis o‘zbek futbolchisiga bo‘layotgan qiziqishni inkor qilgani yo‘q.

Klubning Eldor Shomurodovga qiziqi haqida so‘rayapsizlar. Hozircha, transfer haqida gapirishga biroz erta, chunki transferlar oynasi hali ochilgani yo‘q, - dedi Davide Vanyatti.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Roma” Shomurodovni to‘liq transfer qiladigan yoki keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijarada o‘ynatadigan xaridor kutyapti. Boshqa klublarning e’tiborini jalb qilish uchun “bo‘rilar” o‘zbek forvardi uchun talab qilinayotgan badal puli summasini biroz pasaytirib, 10 million evro qilib belgiladi.

“Roma” yozda xuddi shu summani taklif qilgan “Bolonya”ga Shomurodovni berishdan bosh tortgan edi. Endi vaziyat o‘zgargan.

“Torino” yozda klubni tark etgan Andrea Belotti o‘rniga bir necha mavsum jamoada asosiy to‘purar vazifasini uddalay oladigan hujumchiga muhtoj. Turinliklar aynan mana shu pozitsiyaga Shomurodovni loyiq ko‘rmoqda.

Hozir oldingi chiziqda o‘ynayotgan frantsiyalik Yann Karamo, paragvaylik Antonio Sanabriya va italiyalik Petro Pellegri murabbiylar shtabi ishonchini oqlay olmayapti. Sanabriya shu kunga qadar ikkita, Pellegri bitta gol urgan bo‘lsa, Kamaro gollar hisobini ochgani yo‘q.

Xullas, “Torino” Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Klub uni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Mavsum yakunlangach, 10 million evro miqdorida badal puli to‘lash majburiyatini ham o‘z zimmasiga olishga ko‘ngan. Faqat ular bu band Eldor Shomurodov qayd etadigan natijalarga bog‘lab qo‘yilishini talab qilyapti.

Ya’ni, bir so‘z bilan aytganda, agar Shomurodov Turin klubiga ko‘chib o‘tsa va mavsumning ikkinchi qismida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarni bajara olsa, “Torino” o‘zbek hujumchisining transferini to‘liq sotib oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourino talabiga ko‘ra, 2021 yilning yozida Eldor Shomurodovni “Jenoa”dan 18 million evroga transfer qilgandi. Shunga qaramay, portugaliyalik murabbiy legionerimizga etarlicha o‘yin amaliyoti bermadi.

m_i8dxPuNX12JkLZID6BIeoG0uz2umsP

Shomurodov “bo‘rilar” safida jami 48 ta o‘yinda qatnashib, oltitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Bu o‘yinlarning aksariyatida Eldor zaxiradan maydonga tushib, atigi bir necha daqiqadan o‘ynagan xolos.

Bu klubga Shomurodov armon bo‘lib qoldi!

Shomurodov “maxsus” terma jamoaga tushdi!

Shomurodov oldida yana bir yangi variant paydo bo‘ldi!

Shomurodovga qaysi jamoaga o‘tishni aytishdi!

O‘zbek to‘purarini Polshada kutishyapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bexzod Azamatov
28/12/2022 12:34
Тавба шунчалик хам одамларни вақтига хиёнат қиладиган сайт бўласизларми! Сал уялилар хар бир хабарга copy+paste қилиб керак бўлмаган маълумотларни кўрсатишга!!!