Mashhur darvozabon Saudiyaga boradi

  • 11 may, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” posboni Ugo Loris faoliyatini Osiyo futbolida davom ettirishi kutilmoqda. Mashhur darvozabonga Saudiya Arabistonidan taklif bor.

Tecno

The Times nashrining tasdiqlashicha, nomi sir tutilayotgan Saudiya Arabistoni klubi frantsiyalik posbonga har faqta 115 ming evro maosh to‘lashni va’da bergan. Bu 36 yoshli darvozabon uchun yaxshi summa hisoblanadi.

Loris “Nitstsa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Frantsiya chempionatida “Lion” sharafini ham himoya qilgan. U 2012 yildan beri “Tottenxem” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda.

Joriy mavsumda Premer-liga va Evropa Chempionlar ligasida jami 31 marotaba maydonga tushgan Loris o‘z darvozasidan 45 ta to‘p olib chiqdi. Tajribali futbolchi to‘qqizta uchrashuvda gol o‘tkazmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!