
Masharipov OChLning eng zo‘r futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida!
Osiyo Chempionlar Ligasi ortda qolgan mavsumining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma boshladi. Undan Jaloliddin Masharipov ham o‘rin oldi.
"O‘zbekiston chempioni sifatida turnirda ishtirok etgan "Paxtakor" 2009 yildan beri ilk bor chorak finalga qadar etib keldi. Jaloliddin Masharipov esa, yana o‘z kreativligi bilan jamoasiga yordam berdi. Fevral oyida "Shabab Al-Ahli" darvozasiga urgan ajoyib golidan boshlab, Masharipov "sherlar"ning porloq chirog‘i edi. Uning yurishi chorak finaldagi qizil kartochka bilan tugagan bo‘lsa-da, ularning butun musobaqa davomida ko‘rsatgan o‘yini ajoyib edi",-deya OFK sayti izoh qoldirdi.
Masharipovga bu nominatsiyada Andres Inesta, Renato Augusto, Abdulrazzoq Hamdallah, Bashar Rezan, Shojai Halilzoda kabi yulduzlar raqiblik qilmoqda. Ma’lumot uchun, futbolchimiz "OChL-2020"da 8 o‘yin o‘tkazib, 2 tadan gol va assist muallifiga aylangan.
Quyidagi havola orqali vakilimizga ovoz berish imkoniyatiga egasiz:
Fikrlar