"Mash’al" futbolchilari olti oydan beri maosh olmayapti, klubning "Andijon"ga qarshi o‘yini ham dargumon

  • 11 noyabr, 2020, 20:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muborakning “Mash’al” klubidagi vaziyatga ko‘pchilik befarq bo‘lmasa kerak. Yaqinda saytimiz orqali ushbu jamoadagi holat jiddiy ekanligi va qarzdorlik hali ham bartaraf etilmagani xususida xabar berib o‘tgandik.

Tecno

Ayni paytga kelib ham “Mash’al”da ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmayotgani ma’lum bo‘ldi. Klub rahbariyatining sports.uzga xabar berishicha, futbolchilar olti oydan beri maosh olmagan. Natijada o‘yinchilar “Mash’al”ni tark etishni boshlagan. Kecha ma’lumot berganimizdek, jamoa yarim himoyachisi Sirojiddin Rahmatullaev ham aslida yuqoridagi sabab tufayli ketgan. Bundan tashqari, klubning yana boshqa a’zolariga ham takliflar bor.

Klubdagi moliyaviy muammo sababli futbolchilar haligacha to‘planmagan hamda jamoaviy mashg‘ulotlar boshlangani yo‘q. Agar vaziyat o‘zgarmasa “Mash’al”ning Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan safarda “Andijon”ga qarshi uchrashuvi ham so‘roq ostida qolmoqda. Klub rahbariyatining aytishicha, 19 noyabr kuni o‘tadigan ushbu o‘yin uchun Andijonga safar uyushtirishi dargumon bo‘lib qolmoqda. Qolaversa, “Mash’al”ning futbolchilardan tashqari yana boshqa qarzdorliklari ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, "Mash’al" 22-turdan keyin turnir jadvalida 20 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!